Inson kundalik hayotda faqat chuchuk suvdan foydalanadi. Chuchuk suv insonga nafaqat ichish va taom tayyorlashi uchun, balki yuvinish, kir yuvish, uy tozalash uchun ham kerak. Bugungi kunda uylarimiz suv yordamida isitiladi, ko‘chalar, istirohat bog'lari favvoralar bilan bezatiladi.
Yildan yilga ehtiyojlarimiz uchun tobora ko‘proq suv ishlatmoqdamiz. Biz tabiatdan top-toza suv olamiz-u, lekin unga kimyoviy va maishiy chiqindilar bilan ifloslangan suvni qaytarib beramiz. Bunday suv esa o'simliklar uchun ham, jonzotlar uchun ham, insonlarning o‘zi uchun ham nihoyatda zararli. Turli davlatlardagi ekolog va muhandislar ifloslangan suvni tozalashning bir necha usulini o‘ylab topishdi. Lekin hali bu sohada qilinadigan ishlar juda ko‘p.
Suratlarga qarang. Qaysi daryo yoqasida yashashni xohlardingiz? Nima uchun suv havzalarini toza holda saqlash haqida qayg'urish kerakligini ayting