Insoniyat tarixida metallarning o‘rni
Uyingizdagi nimalar metalldan yasalgan? Ularning qanday metalldan yasalganini bilasizmi?
Metallar - bu alohida xossalarga ega bolgan moddalar:
• issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi;
• odatda, u yaltirab turadigan qattiq modda;
• qayishqoq bo'ladi, ularni egish va bukish mumkin.
Dunyoda metallarning ko'plab turi mavjud. Eng keng taqralgan metallar - temir, aluminiy, kumush va oltin.
Suratlarga qarab, rudaning qanday qilib metall buyumga aylanishini ayting.
Qora metallar
Temir - Yer qobig'ida eng ko‘p tarqalgan to'rtinchi moddadir. Temir o‘zining qattiqligi, mustahkamligi, qayishqoqligi va ularni qazib olinadigan konlarning ko'pligi tufayli ommalashib ketgan. Tabiatda temir sof holda uchramaydi. Tarkibida temir bo'lgan birikmalar temir rudasi deb ataladi.
Tcmir maxsus o'choqlar - domnalarda rudalardan eritib olinadi. Toza temirga suv va havo tegsa, u tezda zanglab qoladi, shuning uchun, amalda temirning uglerodli qotishmalari - cho'yan va po'latdan ko'proq foydalaniladi.
Rangli metallar
Nima deb o‘ylaysiz, nima uchun oltin va kumush qimmatbaho metall hisoblanadi, temir esa qimmatbaho metall hisoblanmaydi?
Qora metallarga faqat temir va uning qotishmalari emas, balki xrom, vanadiy, marganes kabi metallar ham kiradi. Bulardan boshqa metallar esa rangli metallar deb ataladi. Masalan, qalay, mis, rux, nikel, kumush, oltin rangli metallardir. Ular ham temir kabi rudadan ajratib olinadi. Rangli metallarning temirdan farqli tomonlaridan biri - ularning zanglamasligi.
Bugungi kunda rangli metall va qotishmalarning 70 dan ortiq turidan foydalaniladi. Masalan, aluminiy juda yengil metall. Shu sababli samolyot va kemalarning qoplamasi aluminiydan yasaladi. Toza, hech narsa aralashmagan sof mis elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi, shuning uchun elektr simlari asosan misdan yasaladi.
Qimmatbaho metallar orasida platina, oltin va kumush alohida ahamiyatga ega. Bu metallar taqinchoqlar, mikrosxemalar va tibbiy anjomlar yasashda ishlatiladi.
Metall qotishmalari
Hech bir metall buyum sof temirdan, misdan, oltindan yoki boshqa metalldan iborat bo'lmaydi. Har qanday metall buyum tarkibida inson tomonidan qo‘shilgan yoto rnson xoNamasa ham qo'shilib qolgan qo'shimchalar bo'ladi. Mutlaq sof metallni faqat laboratoriyalardagina hosil qilish mumkin. Yer yuzidagi har qanday metall, aslida, qotishmadan, ya'ni ikki va undan ortiq metall yoki metall bo'lmagan moddalarning qattiq ara!ashmasidan iborat bo'ladi.
!nson qadimdan ishlatib kelayotgan ko'pgina aralashmalarning o'z nomi bor. Masalan, mis bilan qalay aralashmasi bronza deb ataladi. Bronzadan haykallar, sport musobaqalarida uchinchi o'rinni egallagan ishtirokchilar uchun medallar yasaladi. Mis va rux aralashmasi latun deb ataladi. Latundan simlar, musiqa asboblari yasaladi. Misning nikel va rux bilan aralashmasi esa melxior deb ataladi. Melxior chiroyli yaltirab turgani uchun undan nafis idishlar, tangalar, musiqa asboblari va zargarlik buyumlari yasaladi.
Sof oltin - oson egiladigan, bukiladigan, sinadigan yumshoq modda. Shu sababli zargarlar oltinga uning mustahkamligini oshiruvchi moddalar qo'shadilar. Oltinga qancha miqdorda qo'shimcha modda qo'shilganini unga urilgan muhr - proba raqamidan bilish mumkin. Bu uch xonali son qancha yuqori bo'Lsa, quymadagi oltin miqdori ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
1. Temir va uning qotishmalaridan nimalar yasaladi?
2. Nima uchun sof temirni ishlatish maqsadga muvofiq emas?
3. Rangli metallar qayerlarda ishlatiladi?