Rasmga qarang. Yerning ichki tuzilishi haqida nimalarni aytib bera olasiz? Javobda “yadro”, “mantiya”, “Yer qobig'i” so'zlaridan foydalaning. Yer qobig'ini nima o‘rab turadi?
Yer ustma-ust joylashgan uch qatlamdan iborat ekanligini bilib oldingiz. Yerning markazida og'ir va nihoyatda issiq yadro turadi. Uning atrofini ustki qismi mozaikaga 0‘xshash, plitalar bilan qoplangan qalin qatlam - mantiya o'rab turadi. Ana shu plitalar birgalikda Yer qobig'ini tashkil qiladi.
Litosfera - Yerning qattiq qobig'i bo'lib, u Yer qobig'i va mantiyaning ustki qismini o‘z ichiga oladi. Yer qobig'ining qalinligi turlicha, masalan, okean tubida u yupqa bo'lib, taxminan 5km ni tashkil qiladi, materikda esa 30-40 km qalinligida bo'ladi.
Litosfera plitalari mantiyaning ustki qismi bo'ylab juda sekinlik bilan suriladi. Litosfera plitalari to'qnashgan joylarda esa zilzilalar sodir bo'ladi. Plitalar to'qnashgan paytda ularning qirralari egilib, ko'tarilib qoladi. Buning natijasida yangi tog' tizmalari paydo bo'ladi.