Siz qanday foydali qazilmalarni bilasiz? Ulardan qayerlarda foydalanish mumkin?
Foydali qazilmalar tabiiy materiallar bo'lib, inson ularni yer ostidan qazib oladi va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatadi.
Odatda, foydali qazilmalar uch guruhga bo'linadi:
• Qazilma yoqilg'ilar - yonilg'i tayyorlanadigan materiallar. Bularga neft, tabiiy gaz, torf, toshko‘mir kabilar kiradi.
• Rudali qazilmalar - tarkibida metall bor materiallar: temir rudasi, mis rudasi. Kerakli metallni olish uchun, odatda, ruda yuqori haroratda qizdirilib, suyuq holatga keltiriladi, ya'ni eritiladi.
• Noruda qazilmalar - marmar, qum, granit kabi dastlabki qayta ishlanmaydigan materiallar.
Yer qa'rida inson uchun kerakli materiallar katta miqdorda mavjud bo‘lib, ular yerning turli joylarida turli chuqurlikda joylashgan. Bir turdagi foydali qazilmalar joylashgan hudud kon deb ataladi. Mamlakatning boyligi, ko'pincha, uning hududida qanday foydali qazilmalar borligi va ularning miqdoriga bog'liq
2. Foydali qazilmalar qanday paydo bo‘lgan?
Qazilma yoqilg'ilar, asosan, organik moddalardan, ya'ni jonzot yoki o‘simliklarning qoldiqlaridan paydo bo'lgan. Masalan, toshko'mir qadimgi o‘simliklarning qoldiqlaridir. Olimlar ko'mir qatlamlarida topilgan qadimgi o‘simliklarning izlariga qarab, shunday xulosaga kelishgan. Million yillar avval bu o'simliklar nobud bo'lib, suv havzalarining tubida to'plangan. Vaqt o‘tib, ular
bir-birining ustiga taxlana borgan, keyinchalik ularning ustini qum yoki loy qoplagan. Yer ostida havo bo'lmaganligi sababli, ular suv bosimi ostida siqilib, asta-sekin ko‘mir qatlamiga aylangan.
Neft Yer yuzida 250-300 million yillar avval yashagan jonzot va o'simliklaming qoldiqlaridan hosil bo'lgan. U paylartda sayyoramizdagi iqlim iliq nam bo‘lgan. Jonzot va o'simliklarning qoldiqlari okean tubiga tushib, usti loy va cho'kindi jinslar bilan qoplangan. Ko‘mirda bo'lgani kabi, ular ham suv bosimi va yuqori harorat ostida neft va tabiiy gazga aylangan. Neft va gaz konlari doim yonma-yon joylashgan bo‘ladi.