26

Nima deb o'ylaysiz, odam necha yoshida kashfiyotchi bo'lishi mumkin?
Kashfiyotchilik yosh tanlamas ekan: yosh bolalar ham, qariyalar ham ixtiro qilaverar ekan, Quyida yosh bolalar, o'smirlar kashf qilgan narsalar keltirilgan

1. Kashfiyotlar qanday yuz beradi? 2. IxUrochu ni'malarrn to'HsN va qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak?
0‘zingiz o‘yinchoq samolyot yasab ko'ring. Uni uzoqroq va tezroq uchadigan qilib takomillashtira olasizmi?
Yer haqidagi dastlabki tasavvurlar
Jamoalarga bo'lining. 2-3 minut ichida kosmos bilan bog'liq so‘zlardan iloji boricha ko'proq eslab, yozib chiqing. Bular kosmik jismlarning nomi, olim va kosmonavtlarning ismlari, ilmiy atamalar, jarayonlar bo‘lishi mumkin. Qadimda dunyoning turli chekkalarida yashovchi odamlarda Yer haqida deyarli bir xil tasavvur bo'lgan. Ular Yerni kattakon shaffof gumbaz ostidagi yassi likopchaga o'xshatishgan va bu gumbazga yulduzlar terib qo'yilgan, gumbazning atrofida esa Quyosh va Oy suzib yuradi, tekis quruqlikning atrofini esa dunyo okeanlari o'rab turadi, deb o'ylashgan. 1543-yilda avstriyalik olim Nikolay Kopernik “Osmon jismlarining aylanishi haqida" nomli kitobida Yer va boshqa sayyoralar Quyosh atrofida aylanishini yozgan. Kopernikkacha bo'lgan qadimgi yunon olimlari - Pifagor, Arastu, Eratosfenlar ham shunday taxmin qilishgan. Vaqt o'tishi bilan Kopernikning taxminlari aniqlashtirilgan, qayta ishlangan, xatolari topilib, tuzatilgan. Inson kosmosga ucha boshlagach, qudratli teleskoplar paydo bo'lgach, nafaqat Yerning yumaloqligi isbotlandi, balki Quyosh tizimi va boshqa yulduzlar haqida juda ko‘p yangi ma'lumotlar kashf qilindi.