Yer qobig'i Yerning sovigan tashqi po'stlog'idir. U sayyoramizning sirtini qoplab turgan alohida plitalardan tashkil topgan. Qobiqning qalinligi uning joylashgan o'rniga bog'liq: okean tubida taxminan 5 km bo‘lsa, eng baland Himolay tog‘ tizmasi ostida esa 80 km gacha bo'ladi. Yer qobig'i turli tog' jinslaridan tashkil topgan.
Yer qobig'i ostidagi qatlam mantiya deb ataladi, Bu so‘z yunon tilidan tarjima qilinganda, yopinchiq degan ma'noni anglatadi. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, mantiyaning qalinligi 2 900 km bolishi mumkin, ya'ni mantiya Yer sharining katta qismini tashkil qiladi. Mantiyaning harorati taxminan 2000°C bo'lishi mumkin.
Mantiyaning tagida yadro joylashgan. Olimlar hozircha buni tekshira olmagan bo‘lsalar-da, yadro temir va nikeldan tashkil topgan, deb hisoblaydilar. Ichki qattiq yadroni tashqi suyuq yadro o‘rab turadi. Suyuq tashqi yadro tufayli Yerning atrofida himoya qobig'i - magnit maydoni hosil bo'lgan. Bu maydon bizni xavfli kosmik nurlanishlardan himoya qilib turadi.
Ha, olimlarda hozircha bunchalik chuqurlikdan namuna olib, mantiya va yadroni o'rganishga imkon yo‘q. Lekin ular kuzatuv va hisob-kitoblar asosida taxmin qiladilar. Masalan, vulqon otilishini kuzatib, Yer qobig'ining tagida nihoyatda issiq modda bor, degan xulosaga keladilar. Vulqon otilayotgan paytda bu modda yer ustiga otilib chiqib, asta-sekin soviydi, natijada bazaltga o'xshagan vulqon jinslari
hosH boladi. Vulqon otilganda boshqa moddalarga nisbatan bazalt k°‘proq uchragani sababli, vulqon ostida bazalt konlari bor va ular vulqon otilganda tashqariga otilib chiqadi, degan taxmin bor.
Shu yerda yana bir savol tug‘iladi. Vulqonning tagidagi bazalt doim qaynoq holatda bo'ladimi yoki sovuq holatda bo'lib, vulqon otilgan paytdagina qizib ketadimi? Bu savolga konchilar javob bera oladi. Ular pastga tushgan sari shaxtaning ichi qizib borishini sezishadi. Demak, Yerning markaziga yaqinlashgan sari harorat ko'tarilib boraverar ekan.
Xuddi shunga o'xshab, Yerning magnit maydonini o‘rganayotgan olimlar bu maydon Yerning markazidagi metall yadro tufayli paydo bo'lgan, degan xulosaga kelishgan.
Olimlar taxminlardan tashqari, eng zamonaviy asbob-uskunalar yordamida kuzatuvlar olib boradilar, chet ellardagi hamkasblarining tajribasini o'rganadilar. Bularning barchasi Yer haqida aniq ma'lumotlar to'plashga yordam beradi.