2. Issiqlik hodisalari
Issiqlik hodisalarida issiqlik jismlar o'rtasida taqsimlanadi yoki bir jismdan boshqasiga uzatiladi. Issiqlik issiq jismlardan sovuq jismlarga uzatiladigan energiyadir. Issiqlik hodisalariga misollar: o'choqdagi choynak qiziydi, qozonda sho'rva qaynaydi, stakandagi muzqaymoq eriydi:
3. Yorug‘lik hodisalari
Yorug‘lik hodisalari - bu manbadan chiqqan yorug'likning fazoda tarqalishi. Bunda yorug'lik shaffof jismlar orqali o'tadi, shaffof bo'lmagan jismlardan, masalan, ko'zgudan akslanadi. Yorug'lik hodisalariga misollar: quyoshdan yoki chiroqlardan nur tarqaladi, ko'zguga tushgan yorug'lik devorda akslanadi, shisha prizma orqali o'tgan yorug'lik yetti rangga - spektrga ajraladi.
4. Tovush hodisalari
Tovush hodisalari - manbadan
chiqqan tovushning fazoda tarqalishi. Tovush hodisalariga misollar: odamlar gaplashadi, musiqa asbobini chaladi, quloqchin taqib, musiqa tinglaydi.
Tovush hodisalari va tovushning xossalaridan tibbiyotda keng foydalaniladi.
Aks-sado (exo) - bu tovushning biror jismga tegib, akslanish va ortga qaytish hodisasi.
Biz chiqargan tovush atrofimizga tovush toTqini shaklida tarqaladi. Bu toTqinlar havo orqali juda katta tezlikda harakatlanadi, so‘ng biror jismga, masalan, devor yoki togTarga yetib boradi. Tovush bu jismlarning sirtiga tegib, akslanadi va ortga qaytadi.
Ana shu qaytgan tovush bizdan chiqqan tovushning “takrori” boTib eshitiladi. Mana shu aks-sadodir. Aks-sadoni bo‘m-bo‘sh xonalarda, togTarda, o‘rmonlarda eshitish mumkin.