19

Kuch qancha ko'p bo'lsa, tezlanish ham shuncha katta bo'ladi


Kuch jismning harakat yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin
Masalan, velosiped yoki avtomobilning rulini kuch bilan o'ngga bursangiz, velosiped yoki avtomobil o'ng tomonga buriladi, ya'ni harakat yo'nalishini o'zgartiradi.

Jism harakatlana boshlashi uchun unga kuch bilan ta'sir qilishning o‘zi yetarli emas. Bu kuchni ma’lum tomonga, ya'ni kerakli tomonga yo'naltirish ham kerak. Masalan, futbolda gol urish uchun koptokni tepishning o‘zi yetarli bo'lmaydi, balki uni darvoza tomon yo'naltirish zarur

Kuchlar bir-biriga qo'shilishi mumkin

Bobo sholg'om ekibdi. Sholg'om o'saverib, shunaqangi katta bo'lib ketibdiki, uni yerdan sug'urib olishga boboning kuchi yetmay qolibdi. Bobo buvini yordamga chaqiribdi. Lekin ikkovining ham kuchi yetmabdi. Shunda ular nabirasini, kuchukchani. mushukchani va oxirida sichqonchani ham yordamga chaqirishga majbur bo'lishibdi. Bu ertakdan juda muhim xulosa chiqarish mumkin: sholg'omni ko'pchilik bo'lib sug'urib olishdi, chunki hammaning kuchi bir tomonga yo'nalgan va bu kuchlar bir-biriga qo'shilgan edi.