Ishqalanish kuchi - bu ikkita jism bir-biriga tegib, ishqalanganda paydo bo'ladigan kuch
Har qanday sirtga mikroskop orqali qarasak, uning silliq emasligini ko'ramiz. Sirtning yuzasida barmog'imizni yuritsak, do'ngliklar va chuqurchalami sezamiz.
Bunday sirtlar notekis deyiladi. Shisha yoki yog'ochni barmog'ingiz bilan silasangiz, yog'ochning g‘adir-budur, shishaning esa silliqligini sezasiz.
Jismlarning yuzasi notekis bo'lgani sababli, ular o'rtasida ishqalanish kuchi paydo bo'ladi
1. Ishqalanish kuchining ijobiy jihatlari.
Poyafzalning tagcharmi bilan yer yuzasi o'rtasidagi ishqalanish kuchi tufayli biz bir joyda tura olamiz yoki yura olamiz. Ishqalanish kuchi bo'lmasa, biz yerda tinmay sirpangan yoki sirpanchiq tepalikdan sirpanib yiqilgan bo'lar edik.