28

Quyosh tizimi haqida nimalarni bilamiz?

Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanishini bilib oldingiz. To'rtta ichki sayyora toshli, zich bo'lib, ularning yo'ldoshlari kam. Ularni Yerga o'xshash sayyoralar deb ataymiz. Kengroq orbitalarda esa to'rtta gazsimon ulkan sayyoralar aylanib turadi. Bu sayyoralarda qadam bosish mumkin bo'lgan qattiq sirt yo'q. Ulkan sayyoralarning yo'ldoshlari bor.
Astronomik rasadxona - bu osmon jismlarini, kosmosdagi hodisalarni kuzatishga yordam beradigan tadqiqot stansiyasi. Rasadxonalar maxsus kuzatuv asbob-uskunalari bilan: optik teleskoplar, radiosignal yuboruvchi teleskeplar. kuzatuv natijalarini qayta ishlovchi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan bo‘ladi. - Quyosh tizimining eng chekka nuqtalarini o'rganish uchun kosmosga “Xabbl” (1990) va “Kepler” (2009) kosmik teleskoplari uchirilgan. Bu teleskoplar yordamida nafaqat Quyosh tizimini, balki Galaktikamizdagi juda ko‘p yulduzlarni ham o'rganish mumkin bo'ladi. Eng yirik yulduzlarning nomini va ulaming yulduzlar turkumidagi o'rnini aniqlang.

Bizning Galaktikamiz - Somon yo‘li
Quyosh tizimi kosmosdagi yolg'iz tizim emas. Bu tizim juda ko‘p boshqa yulduzlar bilan j birgalikda Somon yoTi galaktikasi Tl deb ataladigan ulkan yulduzlar guruhi tarkibiga kiradi. Galaktikada ■ faqat yulduzlar emas, balki gazdan tashkil topgan tumanliklar, I nihoyatda katta tortish kuchiga ega bo'lgan ulkan jismlar ham Qora tuynuklar deb ataladigan bunday jismlardan hatto yorug'lik ham chiqib keta olmaydi. Fazoda bunday Galaktikalar millionlab topiladi. Ularning barchasi birgalikda Koinot deb nomlangan ulkan makonni tashkil qiladi.