3

“atmos" - havo, “sfera” esa shar degan ma'noni bildiradi. Qadimgi yunonlar bu so‘z bilan nimani atashgan? Atmosfera — bu Yerning havo qobig'i. Gaz qatlamidan iborat bu qobiq sayyoramizni o'rab turadi va uni quyosh nurlanishidan, haddan tashqari issiq va sovuqdan himoya qiladi. Agar Yerda atmosfera bo‘lmaganida, kun davomida Yer sirtidagi harorat keskin o'zgarib: Yerning quyoshli tomonida, ya'ni kunduzi harorat 100°C gacha ko‘tarilgan, kechasi esa -100°C gacha pastga tushgan bo'lar edi. Atmosferasiz Yer qanday holatda boTishini tasavvur qilish mumkin. Buning uchun sayyoramiz yo'ldoshi bo‘lgan Oyga qarash kifoya. Oy - hayot uchun yaroqsiz: unga xavfli quyosh nurlanishi ta'sir qiladi. Oy quyosh nurlari ostida qanchalik tez qizisa, quyosh nurlari yo'qolgach, xuddi shunday tez va kuchli soviydi. Bundan tashqari, koinotdan Oyga juda ko‘p miqdorda toshlar tushadi. Buni Oy yuzasidagi zarba belgilaridan tushunish mumkin. Nima deb o'ylaysiz, nima uchun kosmik toshlar Oyga tushadi, lekin biz ularni Yerga tushganini deyarli ko‘rmaymiz?

Atmosfera qatlamlari

. Atmosfera bir necha qatlamdan iborat. Yer yuzasiga eng yaqin qatlam juda zich va eng issiq. Butun atmosferaning katta qismi xuddi shu qatlamda joylashgan. Unda shamol va bulutlar hosil bo'ladi. Aynan shu qatlamda hayot mavjud. Keyingi qatlam taxminan 20km balandlikda boshlanadi. Ob-havoni kuzatuvchi zondlar ushbu balandlikka ko'tariladi. Parvoz vaqtida kamroq yoqilg'i sarflash uchun samolyotlar ham shu balandlikda uchadi. Bundan yuqori qatlamda kichik kosmik toshlar - meteoritlar yoki Yerga tushayotgan boshqa jismlar yonib ketadi. Eng oxirgi qatlamda esa sun'iy yo'ldoshlar yoki kosmik raketalar uchadi.

Yuqorida ko‘rsatilgan obyektlar qaysi qatlamda uchrashini LJ sxema ko'rinishida tasvirlang