Jonsiz tabiat hodisalari
Tabiatdagi har qanday o‘zgarishlar tabiat hodisalari deb atalishini siz allaqachon bilib olgansiz. Jamoalarga bo'linib, uch minut ichida bir varaq qog'ozga o‘zingiz bilgan barcha tabiat hodisalarini yozib chiqing. Qaysi jamoa ko'proq hodisani yozdi?
Jonsiz tabiatdagi har qanday hodisaning sababi bor. Quyoshning chiqishi va botishiga Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sabab bo'lsa, yil fasllarining almashinishiga esa Yerning Quyosh atrofida aylanishi sabab bo'ladi.
Rasmlarga qarab, kun va tunning, yil fasllarining almashinishini, Quyoshning chiqishi va botishini tushuntirib bering. Bunda sizga oldingi darsda yasalgan Yer maketi qanday yordam beradi?
Zilzila, vulqon otilishi va sunami hodisalari Yer qobig'i ostidagi jarayonlarga bogliq bo'lsa, yomg'ir, do‘l va qor esa atmosferadagi jarayonlarga bog'liqdir
Tabiat hodisalarining nomi bilan ularni keltirib chiqaruvchi sabablarini bir-biriga bog‘lang
Jonli tabiatning mavsumiy hodisalari
Yana xuddi o'sha jamoalarga bo'linib, daftaringizdagi topshiriq yordamida tabiat hodisalarini mavsumiy va mavsumiy bo Imagan turlarga ajrating.
Mavsumiy hodisalar yil fasllarining almashinishiga bog'liq. Masalan, xazonrezgi, barglar rangining o'zgarishi, qushlarning janubga uchib ketishi - bularning barchasi kuzgi hodisalar bo‘lsa, daraxtlarning gullashi, jonivorlarning qishki uyqudan uyg'onishi bahorgi hodisalardir. Jonivorlarning hayoti yil fasllarining almashinishi bilan chambarchas bog'liq.
Yilning to‘rt faslida cho'ldagi toshbaqalar, turnalar, qurbaqalar, tipratikanlarda qanday o'zgarishlar bo'lishini daftaringizga yozing
Ba'zan tabiatda ajoyib hodisalar ro‘y beradi. Masalan, kuzda salqin tushib, kunlar soviy boshlagach, birdan kun isib ketsa, ba'zi daraxtlarning biologik soati buzilib qoladi. Ular bu issiq kunlarni bahor deb o‘ylab, gullab yuboradi. Ba'zan juda issiq yozdan keyin kuz iliq, yomg‘irli kelganda ham shunday bo‘ladi
Xavfli tabiat hodisalari