1. Tuproq tirik organizmlarning yashash joyi sifatida
Jamoalarga bo'lining. O'z jamoaviy topshiriqlaringizni bajaring: Bir minut ichida atmosfera (quruqlik-havo muhiti)da yashovchi jonzotlarning iloji boricha ko'proq nomini yozib chiqing.
Bir minut ichida gidrosfera (suvli muhit)da yashovchi jonzotlarning iloji boricha ko'proq nomini yozib chiqing.
Bir minut ichida litosfera (tuproq muhiti)da yashovchi jonzotlarning iloji boricha ko'proq nomini yozib chiqing. Natijalaringizni boshqa jamoalarning natijalari bilan solishtiring. Qaysi jamoa jonzotlarning ko'proq nomini yozdi?