Fan nuqtayi nazaridan qaraganda, har qanday narsa, har qanday tirik mavjudot va har qanday jonsiz narsa fizik jismdir. Bu jismlar turli shakl, o`lcham va xususiyatlarga ega bolishi mumkin. Fizik jismlar tabiiy va sun`iy bo`lib tabiat tomonidan yaratilganlari tabiiy, insonlar tomonidan yaratilganlari esa sun`iy hisoblanadi. Tabiiy jismlarning o`zi ham ikkiga boTnadi: jonli va ionsiz. Jonli tabiiy jismlarga hayvonlar, o`simliklar, qushlar, daraxtlar, baliqlar va shu kabilar kirsa, jonsiz tabiiy jismlarga esa toshlar, muz qatlamlari, yomg`ir tomchilari, qor parchalari, bulutlar, yulduzlar, sayyoralar va shu kabilar kiradi.

1-topshiriq Yordamchi so`zlardan foydalanib, ushbu moddalarning nomini ayting. Ulardan qanday jismlar tashkil topgan
Siz barcha moddalar uchta holatda: qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo'lishi mumkinligini allaqachon bilasiz. Masalan, suv qattiq (muz), suyuq va gazsimon (bug‘) holatda bo'lishi mumkin. Bu hodisalar haqida o‘z fikringizni tushuntirib bering. Barcha moddalar faqat mikroskop ostida ko'rish mumkin bo‘lgan mayda zarrachalardan tashkil topgan. Moddaning holati zarrachalarning bir-biriga qanchalik yaqin bo'lishiga va ular orasida qancha bo‘sh joy mavjudligiga bog'liq. Qattiq moddalarda zarrachalar shu qadar zich joylashganki, ular orasida tortishish paydo bo'ladi. Bu zarrachalarning harakatlanishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun qattiq moddalarni siqqaningizda, ular deyarli o‘z shaklini o‘zgartirmaydi. Suyuq moddalarda esa zarrachalar orasida ma'lum masofa mavjud bo'ladi. Bu zarrachalar bir-biriga nisbatan harakatlanishi mumkin va shu sababli ular har qanday shaklni egallay oladi.