8

O‘zbekistonning suv manbalari

O‘zbekistonda qanday suv havzalari - daryolar bor?
0‘zbekistonning okean va dengizga bevosita chiqish yoli yoq,, shuning uchun vatanimizning asosiy suv manbalari - daryo va ko llardir. 0‘zbekistonning 600 dan ortiq daryo va jilg'alari Tyan-Shan tog tizimidagi muzliklardan boshlanadi. Ularning suvi tog'lardagi cho'qqi va qoyalar orasidan oqib keladi. Shu tufayli tog'li hududlarda nihoyatda chiroyli sharsharalarni uchratish mumkin. 0‘zbekistondagi daryolar boshqa daryolarning irmog'i hisoblanadi hamda ko'llarga yoki Orol dengiziga borib quyiladi.

O‘zbekistonning daryolari

Guruhlarga bo'linib, sinfdoshlaringiz bilan shunday o'yin o'ynang: bir minutda qaysi guruh xaritadan 0‘zbekistondagi daryolarning ko'proq nomini daftariga yoza oladi?
O'zbekistondagi eng katta va sersuv daryolar - Amudaryo bilan Sirdaryo. Amudaryo Markaziy Osiyodagi eng yirik daryolardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 2600 km. Amudaryoning ikkita asosiy irmog'i baland tog'lardan boshlanadigan Panj va Vaxsh daryolaridir. Amudaryo sharqdan g'arbga tomon cho‘zilgan daryo bo'lib, bir necha davlatlar hududini kesib o'tadi. Amudaryo suvlari awal Tojikistonni, keyin Turkmaniston va Afg'onistonni kesib o'tadi. Amudaryo Markaziy Osiyoda ham eng sersuv daryo hisoblanadi. Bu daryo bir paytlar Orol dengiziga kelib quyilgan va uning asosiy ta'minotchisi bo'lgan. Biroq o'tgan asrning o‘rtalaridan boshlab Amudaryoning suvlari dalalarni sug'orishga burib yuborilishi oqibatida uning sathi keskin pasaydi. Shu sababli bugungi kunda daryo suvi Orol dengiziga yetib bormayapti. Sirdaryo ham Markaziy Osiyoning eng katta daryolaridan biridir. Unga ikkita tog' daryosi - Norin va Qoradaryo quyiladi. Sirdaryo ham O'zbekistondan tashqari, Tojikiston va Qozog'iston hududlarini kesib o'tib, oxirida Orol dengiziga quyiladi.