Qazilmalardan oqilona foydalanish
Qurilish materiallari tiklanadigan resurslarmi yoki tiklanmaydiganmi?
Foydali qazilmalar - bu bebaho tabiiy boylik. Ammo insonlar bu tabiiy xazinalar vaqti kelib tugashini hozirdanoq tushunib yeta boshladilar. Ko‘pgina foydali qazilmalarning shakllanishiga millionlab yillar ketgan. Hozirgi kunda esa ularning paydo bo'lishiga maxsus sharoitlar yaratishning imkoni yo‘q.
Yer aholisi tobora ko'payib borayotgani sari, sanoat va ishlab chiqarish gurkirab rivojlanayotgani sari inson tabiiy resurslarni tobora ko'proq sarflayapti. Masalan, mashina va samolyotlar ishlab chiqarish uchun tobora ko'proq temir, aluminiy hamda neft va gazdan olinadigan plastmassa kerak bo'lyapti. Bu mashinalar uchun tobora ko'proq benzin, samolyotlar uchun esa tobora ko'proq aviayoqilg'i kerak bo'lyapti. Issiqlik elektrostansiyalari ko'proq elektr energiya hosil qilishi uchun tobora ko‘proq gaz va ko'mir yoqish kerak bo'lyapti.
Konlar yer qa'rida, chuqurda joylashgani sababli ularni qazib chiqarish borgan sari qiyinlashib boryapti. •
Foydali qazilmalar insoniyatning ko'plab avlodlari foydalanishi kerak bo'lgan tabiiy boyliklardir. Bizning vazifamiz yer boyliklarini to‘g‘ri va tejamkorlik bilan sarflab, ularni kelajak avlod uchun asrashdan iborat.