7

Vodoprovod tarixi

Uyingizga suv qayerdan kelishini bilasizmi? Suvning daryodan uyingizgacha qanday yetib kelishini aytib bering. Har kuni krandan suv ishlatamiz, lekin atigi yuz yil avval uyga quvurdan suv kelishi juda katta voqea bo'lgani haqida o'ylab ham ko'rmaymiz. Lekin aslida, dastlabki suv quvurlari taxminan 6000 yil avval paydo bo'lgan. Suv yaqin atrofdagi suv havzasidan shaharga sopol quvurlar orqali kelib turgan. Quvurlar alohida bo'laklardan iborat bo'lib, ularni tozalab yoki almashtirib turish juda oson bo'lgan. Sopol quvurlar keyinchalik metalldan yasalib, butun dunyoga tarqalgan. Qadimgi Rim davlati hududida (hozirgi Italiyada) quvurlar baland ko'prikning ichidan o'tgan. Bunday ko'priklar akveduklar deb atalgan. Ana shunday akveduklarning qoldiqlari bugungi kungacha saqlanib qolgan. Qadimgi Samarqandda ham Rim akveduklariga o'xshab qurilgan “Jo'yi arzis” (Qo'rg'oshin ariq) deb nomlangan suv quvurlari bo'lgan