12

1. Tuproqning tarkibi Tuproq namunalarini ko'rib chiqing. U nimalardan tarkib topganini ayting? Tuproq jonli va jonsiz tabiatga tegishli jismlardan tashkil topgan. Tuproqning asosiy elementlari qum, loy, mineral tuzlar, chirindi, havo va suv kabilardir. Chirindi - bu o'simlik va jonzotlarning chirigan qoldiqlari. Tuproqda yashovchi mikroorganizmlar ularni qayta ishlab, mineral tuzlarga aylantiradi. 0‘simliklar ana shu mineral tuzlar bilan oziqlanadi. Ular ildizi orqali suvda erigan mineral tuzlarni so'rib oladi. Shuning uchun tuproqda chirindi qanchalik ko'p bo'lsa, u shunchalik unumdor bo'lib, o'simliklar gurkirab o'sadi. Ammo o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi uchun nafaqat chirindi, balki toza havo ham kerak. O'simliklarning ildiziga toza havo kirib turishi uchun uning atrofidagi tuproqni yumshatib turish zarur.

Tuproq hossalari


Tuproqning turlari


Tuproqning unumdorligi undagi chirindi, namlik va havo miqdoriga bogUiq. Eng unumdor tuproq chirindiga boy tuproq bo'lib, u qoratuproq deb ataladi. Bunday tuproqning rangi nihoyatda to‘q bo'ladi. Och rangli tuproqlar unchalik unumdor bo‘lmaydi, chunki ularda o'simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar va mineral tuzlar kam boladi. 0‘zbekiston yerlari, asosan, unumdorligi past, loyli yoki cho‘ldagi qumli tuproqlardan iborat. Ularning orasida sho'rxok yerlar - ustki qatlamida ko‘p miqdorda tuz to‘plangan tuproqlar alohida o'rin tutadi. Bunday yerlar ekin ekish uchun mutlaqo yaroqsiz bo'lib, unda faqat qora saksovul, yulg'un, shuvoq (yovshan), sho'ra kabi o'simliklar o‘sa oladi. Ba'zi mintaqalarda bo'ztuproqlar ham uchraydi. Bu tuproqlar unchalik unumdor bo‘lmasa-da, ular to'g'ri parvarish qilinsa, yaxshi hosil olish mumkin.