16

1. Noruda foydali qazilmalar
Uy qurishda yoki ta'mirlashda ishlatiladigan moddalar nomini aytib bera olasizmi? Yer ostidan nafaqat metall yoki yonilg'ilar, balki qurilishda ishlatiladigan foydali qazilmalar, masalan, granit, ohak, marmar, bo‘r, qum, loy ham qazib olinadi. Tog' jinslarining aralashmasidan esa boshqa qurilish materiallari ham olinadi. Masalan, gips, loy va ohak aralashmasidan sement hosil qilib, beton tayyorlashda foydalaniladi.

Marmar - keng tarqalgan foydali qazilma.
Biz uni metro bekatlari, muhtasham binolar va uylarning bezaklarida ko'ramiz. Marmardan qadimgi davrlarda ham haykallar, yodgorliklar va bino bezaklari yasalgan. Marmar eng mustahkam tabiiy qurilish materiallaridan biridir. Marmarga murakkab ishlov berib, devorlar, ustunlar, zinapoyalarni bezatish uchun silliq plitalar tayyorlanadi. Tabiatda marmarning turli-tuman rang va naqshli turlari uchraydi. Me'morlar esa bundan foydalanib, nihoyatda go'zal san'at asarlarini yaratadilar. O'zbekiston marmar konlariga boy bo'lib, unda marmarning, asosan, yirik yoki mayda naqshli kulrang turi ko'p uchraydi, lekin ba'zan oq va pushti marmar konlari ham uchrab turadi. Bu konlar Toshkent, Na^oiy va Ji'z^av viloyatlaridagi tog Granit
Granit - qattiq tog' jinsi. “Granit” so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, dona-dona, mayda donalar ma'nosini bildiradi. Haqiqatan ham, granit xuddi bir-biriga yopishgan mayda zarralardan tashkil topgandek ko'rinadi. Granit ko‘pincha(dala shpati, sluda va kvarsdan iborat bo'ladi. Rangli zarralar - dala shpati, oq zarralar - kvars, qoralari esa sluda bo'ladi. Ba'zan granit tarkibida boshqa minerallar ham uchraydi. Bugungi kunda granit binolarning devori, hovlilarning sahni va maydonlarni bezashda ishlatiladi. Masalan, Temuriylar tarixi davlat muzeyining sahni kulrang, binoning tashqarisi esa qora granit bilan qoplangan.