
Suniy ko‘llar
Qadimda ham, hozir ham odamlar ichish, taom tayyorlash va maishiy ehtiyojlar uchun, ekinlarni va uy hayontarini sug’orish uchun chuchuk suvdan foydalanadilar. Shu sababli odamlar qadimdan chuchuk suv manbalari - daryo va ko'llar atrofida yashashgan.
Lekin daryodagi suv miqdori turli fasllarda o'zgarib turadi. Bahorda, tog'lardagi qorlar eriy boshlaganda, daryolar to‘lib oqib, toshqinlar yuzaga keladi. Yozda esa ba'zi daryolar qurib qoladi, ba'zilari esa sayoz jilg'aga aylanadi. Daryodagi suvning bunday o'zgarishlariga tobe bo'lib qolmaslik uchun odamlar suv omborlari barpo qilishni o'rganib olishgan.
Suv ombori - bu suv saqlash uchun mo‘ljallangan sun'iy suv havzasiSuv ombori qurish uchun daryoning o'zani devor yoki to‘siq - to'g'on bilan to'sib qo'yiladi. To‘g‘on juda katta miqdordagi suvni ushlab qoladi, natijada sun'iy ko'l hosil bo'ladi. Ko'pincha to'g'on gidroelektrostansiyaning bir qismi sifatida qurilib, undagi maxsus teshiklarga turbinalar o'rnatiladi. Bu turbinalar o'sha teshikdan kuch bilan oqib tushayotgan suvning ta'siri ostida aylanadi. Aylanayotgan turbinadan elektr energiyasi hosil bo'ladi.
To'g'onlarning insonlar hayoti va atrof-muhitga foydali va zararli ta'sirlarini sanab o'ting.