23

Jismning har qanday deformatsiyasiga javoban elastiklik kuch paydo boladi
Elastiklik kuchi - bu jism deformatsiyalangan paytda paydo boladigan va jismning dastlabki shaklini saqlab qolishga intiladigan kuch
Suratlarni ko'rib chiqing. Ularda nimalar tasvirlanganini ayting. • Ulardan qaysi biri elastik, qaysi biri plastik deformatsiya ekanini aniqlang


Tennis to‘piga urilganda raketkaning to'ri qanday o'zgaradi? Koptokda qanday o‘zgarish sodir bo'ladi? Bu yerda elastiklik kuchi qanday namoyon bo'ladi?

O‘q otilgan paytida kamonning ipi qanday o'zgaradi? O‘q nimaning hisobiga uchib ketadi? Bu yerda elastiklik kuchi qanday namoyon bo'ladi?
Batutda sakrash ham elastiklik kuchining namoyon bo'iishidir. Sport batutida sakrasak, oyog'imiz bilan uni bosib, shaklini o'zgartiramiz. Shu zahoti batut tomonidan elastiklik kuchi paydo bo'lib, batut o‘z sirtini tekislashga intiladi. Mana shu elastiklik kuchi bizga pastdan tepaga qarab ta'sir qilib, yuqoriga otadi. Lekin doim pastga yo'nalgan og'irlik kuchi tufayli biz yana batutning ustiga qaytib tushamiz va yana pastdan tepaga yo'nalgan elastiklik kuchiga duch kelamiz.

Elastiklik kuchiga misollar keltirib, daftaringizga yozing. 1. Tabiatda elastik deformatsiya qayerda uchraydi? 2. Uyingizda ham elastik deformatsiya va elastiklik kuchi bilan bog'liq hodisalarni kuzatganmisiz? Aytib bering. 3. Siz sportning yana qaysi turlarida elastik deformatsiya va elastiklik kuchining namoyon bo'lganini ko'rgansiz?