27

Insoniyatga kosmosni o'rganish nima uchun kerak? Kosmosni o'zlashtirishning kundalik hayotimizga qanday foydasi bor? Olimlar kosmosga parvoz qilish haqida ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida o‘ylay boshlashgan. Ular Yerning tortish kuchini yengish uchun nima qilish kerakligini bilishar, lekin hali bunga qudrati yetadigan motor kashf qilinmagan edi. Yer atmosferasidan tashqariga chiqa oladigan birinchi raketani 1903-yilda Konstantin Eduardovich Siolkovskiy ismli olim ishlab chiqqan. Kosmik motorlarni o'rganish borasidagi xizmatlari uchun uni kosmonavtikaning asoschisi deb atashgan. 1957-yil 4-oktabrda Yerning birinchi sun'iy yoldoshi uchirilgan. Bu inson qo‘li bilan yaratilgan, atmosferadan tashqaridagi fazoda Yer atrofida aylanib chiqqan dastlabki uchar jism edi. Bu yo'ldosh Yerni bir yarim soat ichida to'liq aylanib chiqib, muntazam ravishda radiosignallar yuborib turgan. Uning kosmosdan yuborayotgan signallarini qabul qilish uchun dunyoning barcha radiokompaniyalari o‘z eshittirishlarini to'xtatib turishgan. 1961-yil 12-aprelda inson ilk bor kosmosga parvoz qildi. “Vostok-1” kosmik kemasi Yer atrofidagi orbitaga chiqdi. Kemada birinchi kosmonawt - Yuriy Alekseyevich Gagarin bor edi. Kema Yerdan turib boshqarib turilgan, u 90 minut ichida Yer atrofini bir marta aylanib chiqib, yana qaytib Yerga qo'ngan. Mashhur kosmonavtlarning ismlarini eslang. Ularning xizmatlarini aytib bera olasizmi?

Bugungi kosmonavtika
Quyosh tizimida qanday sayyoralar bor? Qaysi sayyoralar birinchi navbatda o'zlashtirilishi kerak deb o'ylaysiz? Bugungi kunda Yerdan 330-435 km balandlikda Xalqaro kosmik stansiya (XKS) - kosmosda ishlaydigan olim va tadqiqotchilar uchun fazoviy uy uchib yuribdi. Uning uzunligi taxminan 109 m bo'lib, unda kosmonavtlar uchun yashash bo'limlari, mashq bo'limlari, quwat olish uchun quyosh batareyalari, tadqiqotlar uchun minilaboratoriyalar mavjud. Hozir insonlarda boshqa sayyoralarga sayohat qilish uchun yetarli bilim va texnologiyalar bor. Oyga, qo'shni sayyoralar - Mars va Venera sayyoralariga avtomatik stansiyalar uchirilgan. Bu stansiyalar ushbu sayyoralarning tuprog‘idan namunalar olib, ularni o'rganib, yerga turli ma'lumotlar, fotosuratlar, tasvirlar uzatib turibdi.

Kosmonavtlarning kosmik stansiyadagi hayoti haqida qisqacha ma'lumot tayyorlang