Jismlarning vazni ham og‘irlik kuchiga bog'liq.
Har qanday jismning vazni qancha bo'lishi og'irlik kuchiga bog'liq. Shu kuch tufayli biz toshning paxtadan og'irligini bilamiz. Jismning massasi qancha katta bo‘lsa, Yer uni shunchalik katta kuch bilan o'ziga tortib turadi.
Isaak Nyuton haqidagi afsona
Bir kuni angliyalik olim Isaak Nyuton bog'dagi olmaning tagida o'tirgan ekan, to'satdan uning boshiga olma tushibdi.
“Nima uchun olma boshqa tomonga yoki tepaga emas, pastga qarab tushadi?” deb o'ylanib qolibdi Nyuton.
Shundan keyin u nima uchun barcha jismlar faqat pastga, Yerga qulashini o‘rganishga kirishibdi. Oxiri Yer hamma narsani o'ziga tortib tursa kerak, degan taxminga kelibdi. Yerning barcha jismlarga ta'sir qilib turadigan bu xossasi tortishish kuchi deb ataladi.
Yerning barcha jismlarni o‘ziga tortib turadigan kuchi og'irlik kuchi deb ataladi. Og'irlik kuchi hamma joyda va har doim ta'sir qilib turadi. U Yerdagi hamma narsaga ta'sir qiladi va doim tik pastga yo‘nalgan boladi.